Ayrim oilalarning talaba qizlariga maxsus stipendiya to‘lanadi
“Kambag‘al oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” gi Prezident Farmoni (PF-84-son, 08.05.2025-y.) qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2025-yil 15-maydan Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan va ushbu reyestrga tushish xavfi bo‘lgan oilalar “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga taqsimlanadi hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari ularning toifasiga qarab ko‘rsatiladi.
“Qizil” toifaga – oila a’zolarining har biriga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik daromadi minimal iste’mol xarajatlaridan kam bo‘lgan va quyidagi mezonlarning biriga javob beradigan oilalar kiritiladi:
a’zolarining kamida 1 nafari sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra mehnat qilish imkoniyatiga ega bo‘lmagan;
parvarishga muhtoj a’zosi, shu jumladan, nogironligi mavjud farzandi bo‘lgan;
o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz yashovchi yoki yolg‘iz keksa yoxud yolg‘iz nogironligi bo‘lgan shaxsdan iborat bo‘lgan;
boquvchisini yo‘qotgan yoki boquvchisi jazoni ijro etish muassasasida bo‘lgan oila.
⚡️2025-yil 1-iyundan “qizil” toifaga kiritilgan oilalarning “a’lo” baholarga o‘qigan talaba qizlariga bazaviy stipendiyaning 2 baravari miqdoridagi maxsus stipendiya to‘lanadi.
______
2025-yil 5-maydagi O’zbekiston Respubliкasi Vazirlar Mahкamasining “Еtim va оtа-оnа qаramog`idan mаhrum bo`lgan bolalarni har tomonlana qo`llab-quvvatlash hamda ularga ijtimoiy yordam koqrsatish bilan bog`liq xarajatlarni moliyalashtirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida” Qaroriga asosan:
(https://drive.google.com/file/d/1ggJBvk_zPHWNEsInfLzQ4Bp0A-wwY4ej/view),
davlat OTMlarining kunduzgi shakliga o’qishga kirgan quyidagi toifa yoshlarga OTMni bitirguncha 2 martagacha BHMning 25 baravari — 9,3 mln so’mgacha kontrakt to’lab beriladi:
➖yetim bolalar
➖homiylik qilinayotgan bolalar
➖foster oilalarga joylashtirilgan bolalar
➖»SOS — O’zbekiston bolalar mahallalari» tarbiyalanuvchilari
➖mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari
➖respublika va boshqa o’quv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilari.
Bunda yordam 17-23 yoshdagi talabalarga OTMni tugatguncha 2 martagacha beriladi.
_____
Sirtqi ta’lim yopilgan bo’lsa, o’qishni ko’chirish tartibi qanday bo’ladi?
Xabaringiz bor, 2025/2026 o’quv yilidan barcha ta’lim yo’nalishlari uchun sirtqi ta’lim shakli butkul yopildi. Bu o’z navbatida o’qishni ko’chirishga oid savolni o’rtaga tashlaydi.
Xo’sh endi sirtqi ta’limga o’qishni ko’chirish mumkinmi?
Ha albatta mumkin. Sirtqi ta’lim yopilishiga oid farmon yangi qabul qilinuvchi abituriyentlarga taalluqli bo’lib, o’qishni ko’chiruvchilar uchun hozircha qisman taalluqli emas, ya’ni quyidagilar mumkin:
✅Xorijdan sirtqi ta’limga o’qishni ko’chirish;
✅Nodavlat oliygohdan davlat oliygohiga sirtqiga o’qishni ko’chirish;
✅Davlat oliygohining biridan boshqasiga sirtqiga o’qishni ko’chirish;
✅Nodavlat oliygohlarning biridan boshqadiga sirtqiga o’qishni ko’chirish;
✅Bir oliygoh ichida sirtqi ta’limga o’qishni ko’chirish;
✅Bir oliygoh ichida kunduzgi ta’limdan sirtqi ta’lim shakliga ko’chirish.
Agarda, o’qishni ko’chirish jarayonida fanlar farqi ko’p chiqishi natijasida 1-kursga qabul qilinish ehtimoli yuzaga kelsa unda sirtqi ta’lim shakliga ko’chirishga ruxsat etilmaydi, majburiy ravishda boshqa ta’lim shakliga ko’chiriladi.
Soddaroq tushuntirsak, bu yilgi o’qishni ko’chirishda 2-3-4-5 kurslar bemalol sirtqi ta’limga «perevod» qilishlari mumkin. Faqatgina fanlar farqi sababli 1-kursga tushib qolish ehtimoli yuzaga kelmasagina.
______
Test sinovlarida qatnashish uchun to’lov miqdori ko’tarildi
Oliy ta’limga kirish imtihonlari va o’qishni ko’chirish test sinovlarida qatnashish uchun bu yil abituriyent va «perevodchilar» 187 500 so‘m to‘lov qiladilar.
O’tgan yili test sinovlarida qatnashish uchun to’lov miqdori 170 ming so‘mni tashkil etgan, bu yil bu miqdor 187 500 so’mni tashkil etmoqda.
Amaldagi tartibga ko’ra, test sinovlarida ishtirok etish uchun BHM ning 50% miqdori to’lov amalga oshiriladi. O’tgan yili BHM miqdori 340 ming so’mni tashkil etgan. Bu yil BHM miqdori 375 ming so’mga ko’tarilgani sababli test sinovlarida qatnashish 187500 so’mni tashkil etmoqda.
Quyidagi abituriyentlar to’lovdan ozod etilganlar:
✅o‘qishni test o‘tkazilayotgan yili tugatgan bitiruvchilar;
✅nogironligi bo‘lgan shaxslar;
✅mehribonlik uylari bolalari;
✅bolalar shaharchasining bitiruvchilari;
✅“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
✅“Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turuvchi yoshlar kirish imtihonlarida qatnashish uchun to‘lov qilmaydi.
_____
Qonunchilik hujjatlari matni bilan O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi “www.lex.uz”da tanishib chiqish mumkin.
2025-yil aprel oyidagi normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati hamda qonun hujjatlaridagi ayrim o’zgarishlar bilan yuqoridagi faylda tanishishingiz mumkin.