Домой / Без рубрики / QURBON HAYITINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!

QURBON HAYITINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!

QURBON HAYITINGIZ MUBORAK BO‘LSIN! 

          Qadrli  oliy va kasbiy ta’lim tizimi rahbarlari, o‘qituvchilari, xodimlari, o‘quvchi-talabalari va barcha vatandoshlar intiqib kutilgan Qurbon hayiti muborak bo‘lsin!

Qurbon hayiti – bu qalblarni poklaydigan, mehr-oqibat, saxovat va insoniylik tuyg‘ularini yanada mustahkamlovchi, yuksak ma’naviyat, sabr-toqat va bag‘rikenglikni targ‘ib etuvchi muqaddas ayyomdir. Bu ulug‘ bayram odamlarni o‘zaro hurmat, totuvlik, ezgulik va hamjihatlikka chorlaydi.

Mana shunday nurli va qutlug‘ kunlarda yurtdoshlarimizni, yuragida imon va mehr bilan yashayotgan har bir insonni Qurbon hayiti munosabati bilan chin dildan, samimiy muborakbod etamiz!

Ushbu muborak ayyom barchamizga fayzu baraka, xonadonlarimizga tinchlik, yuragimizga esa totuvlik, mehr-oqibat va ezgu orzular ro‘yobini olib kelsin!

Qilgan barcha duo va tilaklaringizni ijobat etsin, hayotingizni fayzli va baxtli qilsin!

Bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin, ezgu niyatlaringiz ro‘yobga chiqsin!

Yurtimiz tinch, xalqimiz doimo omon bo‘lsin!

Barcha ezgu ishlarimizda Yaratganning o‘zi qo‘llab-quvvatlasin!

 

Hurmat bilan,

Toshkent viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshligʻi

Kulbekova Nasiba Zakirovna va boshqarma jamoasi