Mahalliy ish beruvchilar bilan hamkorlikda dual taʼlim va qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish bo‘yicha respublika seminari doirasida Angren shahar 2-son politexnikumi qoshidagi qurilish sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan qisqa muddatli o‘quv kurslari faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, seminarda dual taʼlim tizimini samarali tashkil etish, ishlab chiqarish va o‘quv jarayonini uzviy bog‘lash, kasbiy ko‘nikmalarni amaliyotda mustahkamlash bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi.
Shu bilan, “Mahalliy ish beruvchilar bilan hamkorlikda dual taʼlim va qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish” mavzusida o`tkazilgan Respublika seminari muvaffaqiyatli yakunlandi.
Toshkent viloyati OTFIB 






