YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / SHAХMAT – SHASHKA MUSOBAQASI

SHAХMAT – SHASHKA MUSOBAQASI

♟️SHAХMAT – SHASHKA MUSOBAQASI

Joriy yilning 2-oktabr kuni Oqqo‘rg‘on tuman 1-son politexnikumida Jismoniy tarbiya rahbari X.Oʼtamishev hamda Yoshlar yetakchisi S.Zokirovalar boshchiligida 1–2-kurs oʼquvchilari o‘rtasida shaxmat va shashka musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada oʼquvchilar mantiqiy fikrlash, sabr-toqat va strategik yondashuv orqali o‘z bilim va mahoratlarini namoyish etdilar. Bellashuvlar qizg‘in, murosasiz va qiziqarli ruhda kechdi.

Ushbu musobaqa oʼquvchilarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, intellektual salohiyatini rivojlantirish va sportga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qildi.