SAVOL: Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar sonini qayerdan bilsa bo‘ladi?
JAVOB: my.uzbmb.uz saytining “Statistika (https://my.uzbmb.uz/stat)” bo‘limi orqali ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar sonini bilish mumkin. Bunda ularning umumiy soni, jinsi va ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti real vaqt rejimida yangilab boriladi.
Ma’lumot uchun, 18-iyun 12:35 holatiga ko‘ra my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan jami abituriyentlar soni — 272 537 nafarni tashkil qiladi.
Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:
O‘zbek tili — 239 799 nafar;
Rus tili — 27 304 nafar;
Qoraqalpoq tili — 4 598 nafar;
Boshqa tillar — 836 nafar.
Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:
erkaklar — 124 547 nafar
ayollar — 147 990 nafar.
Bu foydali postni (https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy)abituriyent tanishlaringizga yuborib qo‘ying.
Qabulga doir rasmiy bot: @eduuzuniversalbot