YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Ta’lim sifatini yanada oshirish- dolzarb masala

Ta’lim sifatini yanada oshirish- dolzarb masala

Bugun Toshkent viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i N.Kulbekova Qibray tuman politexnikumida o‘quv jarayoni bilan tanishdi.

Tashrif davomida ta’lim muassasasining faoliyati, o‘quv jarayonlari sifati, moddiy-texnika bazasi hamda yoshlarning kasb-hunar egallash imkoniyatlari batafsil o‘rganildi. Shuningdek, ta’lim sifatini yanada oshirish, o‘quvchilar uchun qulay sharoitlar yaratish, bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash borasida tegishli tavsiyalar berildi va aniq topshiriqlar belgilab berildi.