YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Texnikum o‘qituvchilari va o‘quvchilari diqqatiga!

Texnikum o‘qituvchilari va o‘quvchilari diqqatiga!

Texnikum o‘qituvchilari va o‘quvchilari diqqatiga!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan kasbiy ta’lim sohasida yuzaga kelayotgan muammolar va takliflarni tezkor qabul qilish uchun maxsus aloqa kanallari yo‘lga qo‘yilgan.

Texnikum o‘qituvchilari va o‘quvchilari o‘z murojaatlarini quyidagi manzillarga yuborishlari mumkin:

1006 qisqa raqami (Telefon)
@EduuzuniversalBot (Telegram)

Bundan tashqari manfaatlar to‘qnashuvi, ta’magirlik hamda korrupsion holatlar yuzasidan @eduuzanticor_bot yoki anticor@edu.uz elektron pochta manzili orqali xabar berish imkoniyati yaratilgan.

Bildirilgan murojaatlar vazirlik mas’ullari tomonidan qabul qilinib, bevosita nazoratga olinadi.

Ma’lumot uchun: @EduuzuniversalBot orqali o‘rta maxsus va oliy ta’lim bo‘yicha ham muammo va takliflar qabul qilinadi.