TEXNIKUMLARDA FAOLIYAT OLIB BORAYOTGAN CHET TILI O’QITUVCHILARI DIQQATIGA!
50 MILLION SO’M SUBSIDIYA!
Ingliz, nemis, koreys yoki yapon tilini o‘rgatasizmi?
O‘quvchilaringiz xalqaro B1 yoki undan yuqori darajadagi sertifikat olganmi?
Migratsiya agentligi mehnatingizni qo‘llab-quvvatlaydi.
Sizda 50 MILLION SO‘M miqdorida mukofot olish imkoniyati bor!
Tanlovda ishtirok eting va eng faol 50 nafar ustozlardan biriga aylaning!
Nima qilish kerak?
✔️my.gov.uz (https://my.gov.uz/uz/service/1194) orqali 25.11.2025ga qadar ro‘yxatdan o‘ting
✔️O‘quvchilaringiz haqida ma’lumot kiriting
✔️Reytingda ishtirok etib, subsidiya egasi bo‘ling!
❗️E’tibor bering: Bu imkoniyat texnikumlarda faoliyat yuritayotgan chet tili o‘qituvchilari uchun! (o‘quvchilaringizni faqatgina xalqaro sertifikatlarini yuklashingiz lozim)
Shogirdlaringiz yutuqlari — siz uchun mukofot!
Ariza yuborish (https://my.gov.uz/uz/service/1194)
Subsidiya (lotincha: subsidium — yordam, nafaqa, qo‘llab-quvvatlash) davlat byudjeti, mahalliy byudjet yoki maxsus jamg‘armalardan beriladigan pul mablag‘i. Subsidiya davlat tomonidan qaytarib olmaslik sharti bilan ajratiladi.
Toshkent viloyati OTFIB 