Домой / TEZ-TEZ SO’RALADIGAN SAVOLLAR

TEZ-TEZ SO’RALADIGAN SAVOLLAR

KASB-HUNAR MAKTABI NIMA?
(Kasb-hunar maktabida qanday kasblarni egallash mumkin)
Kasb-hunar maktabi tanlangan kasb bo’yicha bir yoki bir necha ixtisoslikni egallash imkonini beradigan ta’lim muassasasidir.
Toshkent viloyatida 32 ta kasb-hunar maktabi mavjud bo’lib, ularda 215 ta kasblar bo’yicha kichik mutaxassislar tayyorlanadi. Ushbu kasblar 8 ta bilim sohalariga jamlangan bo’lib, ular quyidagilardan iborat:
1. Ta’lim; 2. Gumanitar fanlar va san’at (san’at, madaniyat); 3. Ijtimoiy fanlar, biznes va huquq; 4. Fan; 5. Muxandislik, ishlov berish va qurilish tarmoqlari; 6. Qishloq va suv xo’jaligi; 7. Sog’liqni saqlash va ijtimoiy taminot; 8. Xizmatlar.

O’QUVCHILAR QANDAY HUQUQLARGA EGA?
O’quvchilar kuyidagi xuquqlarga ega:
— fan, texnika va madaniyatning rivojlanishiga mos bilimlarni olish;
— o’quv rejasi doirasida ixtisoslikni tanlash;
— ta’lim muassasasining boshqaruv organlariga saylash va saylanish, ta’lim muassasasi faoliyatiga tegishli muhim masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish;
— ta’lim-tarbiya jarayonida belgilangan tadbirlarni o’tkazishda xona va o’quv xonalari, la-boratoriya, ustaxonalarning jihozi, kutubxona va ta’lim muassasasining boshqa tarmoqlaridan foydalanish;
— maktabning ijodiy va ishlab chikarish faoliyatida qatnashish;
— o’quvchi yoki tashkilot tomonidan to’lov evaziga mazkur mutaxassislikning o’quv rejasi doirasidan tashqari fanlar bo’yichabilim olish.
Uquvchi quyidagi majburiyatlarni zimmasiga olishi kerak:
Kasb-hunar maktabi o’quvchilari o’quv reja dasturlarida belgilangan bilimlarni egallashlari, topshiriqlarni o’z vaqtida bajarishlari, kasb-hunar maktabi ustavida ko’rsatilgan ichki tartib-qoidalarga amal qilishlari shart. O’quv jarayonida o’quvchi o’qituvchilar va ta’lim muassasasi xodimlari, tengdoshlariga nisbatan yuksak madaniyatli xulk va hurmat-e’tiborli bo’lishi lozim. O’quvchi ta’lim muassasasining moddiy jihozlarini, o’quv binolari intererlari, mebellar, o’quv-laboratoriya jihozlari, shuningdek, axborot resurs markazidan olingan kitoblarni ko’z qorachig’iday asrashi zarur.

O’QUVCHILARGA QANDAY XIZMATLAR BEPUL KO’RSATILADI?
O’quvchilar ta’lim jarayonida belgilangan tadbirlarni o’tkazishda xona va o’quv xonalari, laboratoriya, ustaxonalarning jihozi, kutubxona va ta’lim muassasasining boshqa tarmoqlaridan bepul foydalanadilar.

 KASB-HUNAR MAKTABLARI BITIRUVCHILARIGA QANDAY HUJJAT BERILADI?
Akademik liseyni xamda kasb-xunar maktablari bitiruvchilariga o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi to’g’risida davlat tomonidan tasdiqlangan na’munadagi diplom beriladi. Diplomlarga o’qish davridagi barcha baholar (reytinglar), shuningdek, bitiruvchining umumiy reytingi va yakuniy davlat attestasiyasining natijalari ko’rsatilgan qo’shimcha varaq ilova qilinadi. Akademik liseyni tugatganlik to’g’risidagi diplom oliy ta’lim muassasasiga o’qishga kirish hamda olingan bilimlarni mehnat faoliyatida ro’yobga chiqarish huquqini beradi. Kasb-xunar maktabini tugatganlik to’g’risidagi diplom olingan mutaxassislikka muvofiq mehnat faoliyatini amalga oshirish hamda oliy ta’lim muassasasiga o’qishga kirish huquqini beradi.

KASB-HUNAR MAKTABLARI BITIRUVCHILARI QANDAY LAVOZIMLARNI EGALLASHLARI MUMKIN?
O’zbekiston Respublikasining bandlik tasniflagichi milliy standarta hamda O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining ta’lim yo’nalishlari, mutaxassisliklar va kasblar tasniflagichi asosida akademik lisey va kasb-hunar maktablarining bitiruvchilari egallashlari mumkin bo’lgan lavozimlar va kasblar ro’yxati belgilab berilgan. Unga ko’ra, bitiruvchilar dizayner, tarbiyachi, artist, zargar, marketolog, buxgalter, agronom, tish texnigi kabi 840 dan ortiq turdagi lavozimlar va kasblarni egallashi mumkin.

 KASB-HUNAR MAKTABLARIDA TA’LIM JARAYONI QANDAY KECHADI?
Akademik liseylarda va kasb-hunar maktablarida umumiy ta’lim va kasb-hunar dasturlari uch kursda amalga oshiriladi. O’quvchilar o’quv kurslari bo’yicha guruhlarga, o’qish yo’ialishlari bo’yicha esa bo’linmalarga birlashtiriladi.
O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasida o’quv yili 2 semestrga bo’linadi. O’quvchilar uchun bir o’qish yili davomida kamida 10 hafta va ko’pi bilan 12 hafta davom etadigan ta’tillar belgilanadi. Ta’lim kunduzgi o’qish shaklida amalga oshiriladi. Darslar juft soatlardan iborat bo’lib, 90 daqiqa davom etadi va 45 daqiqadan keyin tanaffus bo’ladi. O’quvchilarning haftalik o’quv yuklamasi 54 soatni tashkil etib, 38 soat auditoriya mashg’ulotlari hamda 16 soat mustaqil tayyorgarlik uchun ajratiladi.
O’qitish jarayonida quyidagi nazorat tartig’ibotlarini o’tkaziladi:
— joriy nazorat — so’rovlar, kollokviumlar, seminarlar, nazorat ishlari va testlar tarzida bilimlar, malaka va ko’nikmalar tekshiriladi;
— oraliq nazorat — semestr tamom bo’lganda va o’quv dasturining tegishli bo’limi tugallangandan keyin imtihonlar, testlar, sinovlar, kurs va malaka ishlari shaklida amalga oshiri-ladi. Uning asosida o’quvchi reytingi aniqlanadi;
— yakuniy nazorat — akademik liseyda, kasb-hunar maktabida o’qish tugallangandan keyin davlat attestasiyasi: imtihonlar, testlar, malaka ishlari, diplom loyihalarini himoya qilish shaklida amalga oshiriladi.
Har bir kursda o’qish tugagandan so’ng reyting nazorati va attestasiya natijalariga ko’ra, o’quvchilarni keyingi kursga o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilinadi.

O’QISHNI BIR TA’LIM MUASSASASIDAN BOSHQASIGA KO’CHIRISH MUMKINMI?
Kasb-hunar ta’limi muassasasining bir turidan boshqasiga o’tkazish O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar  vazirligi tomonidan tasdiqlangan me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Ayrim sabablarga ko’ra, o’qishini bir ta’lim muassasasidan boshqasiga ko’chirish uchun o’quvchi yoki uning ota-onasi o’zi yashab turgan hududdagi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi yoki Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar  vazirligiga ariza bilan murojaat qilishi lozim bo’ladi.

 KASB-HUNAR TA’LIMI TIZIMIDA OLIY TA’LIM MUASSASALARIGA KIRISHGA IMTIYOZ BERUVCHI QANDAY KO’RIK-TANLOVLAR, KONKURSLAR VA MUSOBAQALAR O’TKAZILADI?
Akademik lisey va kasb-hunar maktablari o’quvchilari oliy ta’lim muassasalariga kirishda imtiyoz beruvchi ko’plab musobaqa va ko’rik tanlovlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega. Jumladan:
— “O’zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg’armasi hamda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan o’tkaziladigan “Kelajak ovozi” Respublika tanlovida 1-3-o’rinlarni egallagan;
— umumta’lim fanlari respublika olimpiadalarida 1-3-o’rinlarni egallagan;
— xalqaro olimpiadalarda 1-5-o’rinlarni egallagan;
— “Barkamol avlod sport o’yinlari” musobaqalarida g’olib chiqqan akademik liseylar, kasb-hunar maktablari bitiruvchilari oliy ta’lim muassasalariga test sinovlarisiz va qo’shimcha imtihonsiz qabul qilinadilar.
Olimpiada, tanlov va musobaqaning har bir fani uchun xalqaro va respublika musobaqalari g’oliblari test sinovisiz hamda qo’shimcha imtihonsiz qabul qilinadigan soha ixtisosliklari ro’yxati har yili O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash vaqtida Ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish bo’yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi.

KASB-HUNAR MARTABLARIDA QANDAY JAMOAT TASHKILOTLARI FAOLIYAT YURITISHI MUMKIN?
Kasb-hunar maktabida o’quvchi va xizmatchilarni birlashtiradigan, O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi, Ustav asosida ish yuritadigan jamoat tashkilotlari faoliyat ko’rsatishi mumkin. Jamoat tashkilotlari ta’lim-tarbiyani va o’quvchilarga madaniy-maishiy xizmat ko’rsatishni yaxshilashga yo’naltirilgan tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi.

KASB-HUNAR MAKTABIDA O’QISH DAVRIDAN SAMARALI FOYDALANISH YO’LLARI?
O’quvchi kasb-hunar maktablarida tahsil olish davrida quyidagi qoidalarga amal qilsa, uch yil davomidagi hayotidan samarali foydalangan, kelajagi uchun katta poydevor o’rnatgan hisoblanadi:
1) kasb-hunar maktabni bitirgandan so’ng hayotni qanday qurish haqida aniq tasavvurga ega bo’lish o’quvchi uchun eng katta ko’mak hisoblanadi. Ota-ona yordami hamda mustaqil ravishda madaniy hayotning durdonalari (badiiy adabiyot, teatr, kino, muzeylarga tashriflar, maqsadli tashkil etilgan turli tadbirlar va boshqalar)dan bahramand bo’lish kelajak hayotni ko’z oldiga keltira olish ko’nikmasini shakllantirishda katta ahamiyat kasb etadi;
2) har bir kun, dars soatidan unumli foydalanish lozim. Yuqorida mavjud ta’lim standartlari bilan batafsil tanishib chiqish o’quvchiga hamda uning ota-onasi beqiyos yordam beradi, deb ta’kidlandi. Tahsil olayotgan ta’lim muassasasida etarli darajada sifatli bilim berilayaptimi? — degan savolga javob izlashdan avval, qaysi fandan qanday hajmda va darajada bilim berish ko’zda tutilgan, degan savolga javobni tushunib olish zarur. Aynan shu javob barcha talabgorlarga davlat tomonidan “davlat ta’lim standarta” nomli hujjatda taqdim etilgan. Boshqacha aytganda, ta’lim standarti bilim oluvchi (o’quvchi) bilan bilim beruvchi (ta’lim muassasasi) o’rtasidagi shart- nomadir;
3) Kasb-hunar maktablarida berilayotgan barcha bilimlar o’quvchiga kasb berishga qaratilgan. O’quvchi berilayotgan bilimlarni amalda qo’llashga intilishi kerak. Har bir kasb-hunar maktabida amaliy ko’nikma va malakalarni oshirib borishga mo’ljallangan ustaxonalar mavjud bo’lib, ulardan unumli foydalanishga intiling.
Kasb-hunar maktablarini bitirganda ham muayyan ish joyini tashkil etish yoki ishga joylashishingiz o’tgan uch yillik davrdan samarali foydalana olganingizdan shohidlik beradi.

KASB-HUNAR MAKTABLARINI BITIRGANDAN SO’NG OLIY TA’LIM MUASSASALARIGA KIRISHDAGI E’TIBORLI JIHATLAR?
Oliy ta’lim olishga kirishishdan avval o’z hayotiy rejangizga e’tibor qarating. Chunki, oliy ta’lim katta kuch va vaqt resurslarini talab etadi. Ishga joylashish, tirikchilik manbaini yaratish imkoniyatini beruvchi birinchi kasbni davlatimiz tomonidan bepul, o’z vaqtida beriladi. Real ishlab chiqarishda kuchni sinab ko’rib, hayotingizning keyingi bosqichlarini aniq rejalashtirib olgandan so’ng, idrok etgan holda, mustaqil ravishda qaror qabul qilibgina oliy ta’limni egallashga kirishishingiz samara beradi.
Yuqorida keltirilgan ta’rifimizda kasbni tirikchilik manbai deb qaradik.egallagan kasbimizni bir umrga etadi deb qaramasligimiz darkor, hayot taraqqiy etib borishi bilan kasb-lar borasida uzluksiz malaka oshirib borishimiz, bundan tashqari, yangi, yanada samarali kasblarni egallashimiz maqsadga muvofiqdir. Yangi egallamoqchi bo’layotgan kasbimiz imkoniyatimiz chegaralarini yanada kengaytirishi zarur.

KASB-HUNAR MAKTABLARINI BITIRGANDAN SO’NG ISHGA JOYLASHISH MASALASI QANDAY YECHILADI?
Kasb-hunar maktablari bitiruvchilari azaldan ishga joylashishni asosiy maqsad qilib olganliklari tufayli bitirishlari bilan o’z tirikchilik manbalarini yaratishga kirishishlari imkoniyati juda katta. Kasb-hunar maktablari bitiruvchilari jamiyat va davlat tomonidan berilayotgan ulkan e’tibordan foydalanib, kasb-hunar maktabni bitirmasdan turib ishga joylashish imkoniyatlaridan foydalansalar maqsadga muvofiq bo’ladi. Ya’ni, ikkinchi bosqich (kurs)da ko’zda tutilgan amaliyot mashg’ulotlarini o’tash davrida ayni shu mashg’ulotlarni ijro etadigan tashkilotlarni sinchkovlik bilan tanlashlari zarur. Amaliyot davrida har bir o’quvchi o’zini ancha “etuk” kadr sifatida namoyon eta olish imkoniyatlariga ega. Ma’lumki, kelgusida korxonaga nafi tegadigan har qanday etuk, malakali kadrlar barcha davrlarda ham ehtiyojga ega deb hisoblangan, ular xalq ardog’ida bo’lgan. Aslida bunday hayotiy ehtiyojning zaminida, eng avvalo, to’g’ri va o’z vaqtida tanlangan kasb va unga sidqidildan mehr qo’yish yotadi.
Va nihoyat, ishga joylashishning eng qadrlanadigan yo’li, bu — o’z biznesini ochishdir. Farzandlari kamolini ko’rish orzusidagi barcha ota-onalar, katta yoshdagilar, ustozu qarindoshlar yoshlarga o’z biznesini ochishda, uni yo’lga ko’yishda albatta ko’maklashishlari maqsadga muvofiqdir. U ma’lum vaqtdan so’ng iqtisodiyotning asosi — tadbirkorga aylanadi. Tadbirkor esa, o’zining faoliyatini rivojlantish bilan birga aynan yurtimiz iqtisodiyotini ham rivojlantirishga munosib hissa qo’shadi, Shu sababli, bitiruvchi tomonidan o’z biznesini ochishga erishish holati kollejni bitirish bilan erishgan natijalarimizning gultoji hisoblanadi.

NIMA UCHUN FARZAND KASB-HUNAR MAKTABIDA O’QISHI KERAK?
O’qish, ta’lim olish insoniyat tarixida yaratilgan eng muhim jarayon, ulkan tarixiy hodisalardan biridir. Yaratuvchilikka, ezgulikka undaydigan har qanday ta’lim insonning imkoniyatlarini kengaytiradi, demakki, uning kelajagi farovon bo’lishiga olib keladi. Ta’lim inson ehtiyojlarini qondirishda, uning hayotidagi zarur moddiy va nomoddiy jihatlarni muhayyo qilishda asos bo’ladi. Mamlakatimizda ta’lim olishni butun umr davomida tashkil etish imkoniyati ko’zda tutilgan. Farzand tug’ilganidan boshlab bolalar bog’chalarida, so’ng maktab, kasb-hunar maktab  yoki liseyda, xohlovchilar esa bakalavriat, so’ng magistraturada tahsil olishlari mumkin. Undan so’ng ta’limni ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish ko’rinishida, doktorantura, professura, malaka oshirish kurslarida davom ettirishi mumkin.
Maktabgacha va maktab davrida insonga bilim va bir qadar ko’nikmalar berib boriladi. Aynan kasb-hunar maktablari  to’plagan bilimlarini o’z hayotida birinchi bor amalda qo’llashga va tegishli naf olishga o’rgatadigan ta’lim maskani hisoblanadi. Davlatimizda bilim egallanganlar shahodatnoma, kasb egallanganlar esa diplom bilan tasdiqlanadi. Kasb-hunar maktablari  bitiruvchilariga diplom berilishi, bu ular ishlash va ish joyiga ega bo’lish imkoniyatini qo’lga kiritganidan guvohlik beradi. Aslida, kasb-hunar maktablarda ta’lim olish insonning takomillashuvidagi dastlabki pog’ona bo’lib, uning egallanishi davomli ta’lim olish imkoniyatini beradi.