YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Toshkent davlat agrar universiteti Markaziy Osiyo mamlakatlarida qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan universitetlar orasida 2-o‘rinni egalladi.

Toshkent davlat agrar universiteti Markaziy Osiyo mamlakatlarida qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan universitetlar orasida 2-o‘rinni egalladi.

Toshkent davlat agrar universiteti Markaziy Osiyo mamlakatlarida qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan universitetlar orasida 2-o‘rinni egalladi.

Dunyoning nufuzli Quacquarelli Symonds (QS (https://www.topuniversities.com/asia-university-rankings?countries=uz)) reyting agentligi 2026-yil uchun Osiyo mintaqasidagi eng ilg‘or oliy ta’lim muassasalari reytingini e’lon qildi.

Quvonarlisi, Osiyodagi 25 ta mamlakat va ular hududidan 1500 dan ortiq oliygohlar ichida Toshkent davlat agrar universiteti “QS Asia University Rankings – 2026” (https://www.topuniversities.com/asia-university-rankings?countries=uz) natijalariga ko‘ra, 741/750-o‘rinni egalladi.

Markaziy Osiyo mamlakatlarida qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan universitetlar orasida 2-o‘rinni, Osiyo bo‘yicha esa qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida ishtirok etgan universitetlar orasida TOP–300 talik ro‘yxatdan o‘rin oldi.

Shuningdek, universitet O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari ichida 10-o‘rinni hamda Markaziy Osiyo davlatlari oliy o‘quv yurtlari ichida 22-o‘rinni egalladi.

Ta’kidlash kerakki, QS World University Rankings universitetlarning xalqaro darajadagi reytingini baholab beruvchi eng nufuzli agentliklardan biri hisoblanadi. Ushbu reyting tizimi xalqaro miqyosda universitetni kuchli tomonlarini yaxlit ko‘rish imkonini beradi.