YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Toshkent davlat agrar universitetida talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi

Toshkent davlat agrar universitetida talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi

 

Mamlakatimiz mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan oliy ta’lim tizimida talabalar uchun yaratilayotgan qulayliklar yanada kengaymoqda.

Bugun viloyatimizda talabalar turar joylari soni yana bittaga ortdi. Toshkent davlat agrar universitetida barcha zamonaviy sharoitlarga ega 550 o‘rinli talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi.

Tadbirda viloyat Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i N. Kulbekova, universitet rektori N. Oblomurodov, professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Mazkur talabalar turar joyi yoshlar uchun qulaylik yaratib, zamonaviy sharoitlarda istiqomat qilish imkonini beradi. Shu bilan birga, bu turar joy mamlakatimiz mustaqilligi arafasida yoshlarga yaratilgan munosib tuhfa sifatida xizmat qiladi.