YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Toshkent davlat agrar universitetida yangi 1350 o‘rinli o‘quv binosi foydalanishga topshirildi

Toshkent davlat agrar universitetida yangi 1350 o‘rinli o‘quv binosi foydalanishga topshirildi

Mustaqillik bayrami va Yangi o’quv yili arafasida: Toshkent davlat agrar universitetida yangi 1350 o‘rinli o‘quv binosi foydalanishga topshirildi

Bugun Toshkent davlat agrar universitetida katta shodiyona. Talaba-yoshlar va professor-o‘qituvchilar uchun yanada keng imkoniyatlar yaratish maqsadida universitet hududida 4 qavatli, 1350 o‘rinli zamonaviy o‘quv binosining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Yangi qad rostlagan binoda 8 ta zamonaviy o‘quv laboratoriyasi, 8 ta 60 o‘rinli ma’ruza zali, 38 ta seminar xonasi, professor-o‘qituvchilar xonalari, dekanat joylashgan bo’lib, endilikda ushbu binoda O‘rmon xo‘jaligi va landshaft dizayn hamda Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakultetlari faoliyat yuritib yoshlarga bilimlar berishadi.