YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Toshkent tuman 1-son texnikumiga YUNESKOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi xalqaro eksperti Dana Karmen tashrif buyurdi

Toshkent tuman 1-son texnikumiga YUNESKOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi xalqaro eksperti Dana Karmen tashrif buyurdi

Toshkent tuman 1-son texnikumiga YUNESKOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda kasbiy taʼlimda sifatni oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida xalqaro ekspert Dana Karmen xonim tashrif buyurdi.

Tashrif davomida kasbiy taʼlim sifatiga ta’sir etuvchi omillar, sifat indikatorlari, xalqaro standartlar hamda akkreditatsiya jarayonlariga oid xalqaro talablar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, taʼlim jarayonini takomillashtirish, o‘quv dasturlarini xalqaro meʼzonlarga moslashtirish va o‘quvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.