YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Toshkent tuman hokimi S. Ergashev tumandagi 4 ta kasbiy taʼlim muassasasi rahbarlari bilan amaliy uchrashuv o‘tkazdi

Toshkent tuman hokimi S. Ergashev tumandagi 4 ta kasbiy taʼlim muassasasi rahbarlari bilan amaliy uchrashuv o‘tkazdi

Toshkent tuman hokimi S. Ergashev tumandagi 4 ta kasbiy taʼlim muassasasi rahbarlari bilan amaliy uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda Prezidentning Bo‘stonliq tumanida “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” arafasida soha xodimlari bilan muloqotda bergan topshiriqlari ijrosi muhokama qilindi.

Kelgusi yilda 9-sinf bitiruvchilarining 50 foizini kasbiy taʼlim bilan qamrab olish, shuningdek, “Investor–tarmoq–texnikum” zanjiri asosida dual taʼlim tizimini rivojlantirish belgilab olindi.

Hozirda tumandagi texnikumlarda 1575 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Mazkur uchrashuv kasbiy taʼlim oʻquvchilarining bilim va kasbiy ko‘nikmalarini mustahkamlab, ularning kelajakda munosib o‘rin topishlariga xizmat qiladi.