Домой / Без рубрики / Toshkent viloyatda Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tadbir boʻlib oʻtdi

Toshkent viloyatda Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tadbir boʻlib oʻtdi

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi va 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan viloyat hokimi boshchiligidagi viloyat faollari, tashkilotlar rahbarlari hamda  keng jamoatchilik vakillari, ishtirokida Nurafshon shahri markazidagi “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasi poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda Toskent viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i N.Kulbekova boshchiligida kasbiy taʼlim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etib, haykal poyiga gulchambar qo‘yishdi. Ular tinchlik uchun jon fido qilgan yurtdoshlar xotirasiga hurmat bajo keltirdilar.

 

Bu tadbir tinchlik va osoyishtalikning qadrini anglash, shuningdek, yosh avlodni Vatan himoyachilarining jasoratini qadrlash ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.