YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Toshkent viloyati kasbiy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirokida “Avgust kengashi”ning yakunlovchi yalpi seminari bo‘lib o‘tdi

Toshkent viloyati kasbiy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirokida “Avgust kengashi”ning yakunlovchi yalpi seminari bo‘lib o‘tdi

Toshkent viloyati kasbiy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirokida “Avgust kengashi”ning yakunlovchi yalpi seminari bo‘lib o‘tdi

Toshkent viloyati Yoshlar markazi binosida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun» shiori ostida “Avgust» kengashining yakunlovchi yalpi seminari tashkil etildi.

Seminarda Toshkent viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i N. Kulbekova 2024/2025-o‘quv yili yakunida erishilgan natijalar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan ma’ruza qilib, yangi 2025/2026-o‘quv yili uchun ustuvor vazifalarni belgilab berdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Shuningdek, tadbirda Toshkent viloyati deputatlar kengashi raisi S. Fayziyeva, viloyat hokimi o‘rinbosari N. Normirzayeva, viloyat “Nuroniy” jamg‘armasi raisi A. Nosirov ishtirok etib, yig‘ilganlarni mamlakatimiz davlat mustaqilligining 34 yilligi hamda yangi o‘quv yili boshlanishi bilan tabrikladilar.

“Avgust kengashi” doirasida kasbiy ta’lim muassasalarining fidoyi rahbarlari, ishlab chiqarish ta’limi ustalari hamda namunali pedagoglari ta’lim sohasidagi samarali faoliyati uchun tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.