Домой / Без рубрики / Toshkent viloyati kasbiy ta’lim tashkilotlari faoliyati tahlil qilindi

Toshkent viloyati kasbiy ta’lim tashkilotlari faoliyati tahlil qilindi

Toshkent viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i N.Kulbekova rahbarligida viloyatdagi kasbiy ta’lim tashkilotlari direktorlari ishtirokida Zoom platformasi orqali tanqidiy-tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida dual ta’lim jarayonlarining bugungi kundagi holati, o‘quvchilarning darslarga qatnashish darajasi, jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda “Yashil makon” loyihasi doirasida bajarilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida har bir ta’lim muassasasi direktori o‘z hududida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobot berdi. Dual ta’lim tizimini rivojlantirish, kasbiy ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, amaliy mashg‘ulotlar sifatini oshirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Shuningdek, o‘quvchilar orasida huquqbuzarlikning oldini olish, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish hamda ta’lim muassasalarida ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish jarayonlarini jadallashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.