Toshkent viloyatidagi texnikumlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-oktabrdagi PF–190-son “Kasbiy ta’lim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda PQ–316-son “Kasbiy ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” Qarori mazmun-mohiyatini pedagogik jamoalarga yetkazish maqsadida seminarlar tashkil etilmoqda.
Shu jumladan, Angren texnologiyalar texnikumida ham mazkur hujjatlarning mazmuni va ahamiyatini keng yoritish maqsadida seminar o‘tkazildi. Tadbirda texnikum rahbariyati, o‘qituvchilar hamda mutasaddi xodimlar ishtirok etdilar.
Toshkent viloyati OTFIB 
