Домой / Без рубрики / Toshkent viloyati transport texnikumida “Balli qizlar” tanlovi o‘tkazildi

Toshkent viloyati transport texnikumida “Balli qizlar” tanlovi o‘tkazildi

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Toshkent viloyati transport texnikumida ayol xodimlar o‘rtasida “Balli qizlar” tanlovi tashkil etildi. Bayramona ruhda o‘tgan ushbu tadbir texnikum jamoasi uchun unutilmas lahzalarga boy bo‘ldi.

Tadbirda viloyat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i N.Kulbekova ishtirok etib,  ishtirokchilarning chiqishlarini baholadi. Shundan so‘ng, boshqarma boshlig‘i so‘zga chiqib, barcha ayollarni 8-mart bayrami bilan samimiy tabrikladi. O‘z nutqida ayollarning jamiyat hayotida tutgan o‘rni, ularning fidokorona mehnati va milliy qadriyatlarimizni asrashdagi ulkan hissasi haqida so‘z yuritib, ularga mustahkam sog‘lik, baxt va zafarlar tiladi.

Tanlov qizg‘in va maroqli tarzda o‘tib, ishtirokchilar turli shartlar bo‘yicha o‘z mahorati va iste’dodini namoyon etdilar. Musiqiy chiqishlar, ijodiy namoyishlar va qiziqarli sahna ko‘rinishlari tadbirga yanada fayz bag‘ishladi. Texnikum jamoasi ayol xodimlarning ijodiy qobiliyatini yuqori baholab, ularning mehnatini e’tirof etdi.

Tadbir so‘ngida g‘olib va faol ishtirokchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanib, barcha qatnashchilarga bayramona kayfiyat ulashildi.