Toshkent viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig’i N.Kulbekova O’rta Chirchiq tumanidagi Toshkent viloyati transport texnikumida bo’lib, muassasaning o‘quv binosi, Axborot-kutubxona markazi va o‘quv amaliyot xonalarini ko‘zdan kechirdi. Ta’lim jarayoni va talabalar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rgandi.
O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ta’lim sifatini yaxshilash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.