Домой / Без рубрики / Toshkent viloyati transport texnikumida “Dolzarb 90 kun” loyihasi amalda

Toshkent viloyati transport texnikumida “Dolzarb 90 kun” loyihasi amalda

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Toshkent viloyati transport texnikumida o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish va iste’dodini rivojlantirish maqsadida xorijiy tillar yo‘nalishida “Говорим по-русски” (Ruscha gapramiz) nomli rus tili to‘garagi tashkil etildi.

Bugungi mashg‘ulot “Глагол как часть речи” (Fe`l — nutq qismi) mavzusiga bag‘ishlandi. Unda o‘quvchilar rus tilidagi fe’l (glagol) tushunchasi, uning vazifasi va qo‘llanishi haqida nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lishdi.

To‘garakdan asosiy maqsad — o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtini maroqli tashkil etish barobarida ularni xorijiy tillarni o‘rganishga jalb qilish, tilshunoslik asoslarini mustahkamlash hamda kelajakda raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishishiga zamin yaratishdir.