YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Toshkent viloyati transport texnikumida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida viloyatdagi kasbiy ta’lim muassasalari direktorlarining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari uchun ananaviy Avgust kengashi bo‘lib o‘tdi.

Toshkent viloyati transport texnikumida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida viloyatdagi kasbiy ta’lim muassasalari direktorlarining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari uchun ananaviy Avgust kengashi bo‘lib o‘tdi.

Toshkent viloyati transport texnikumida 22-avgust kuni “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida viloyatdagi kasbiy ta’lim muassasalari direktorlarining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari uchun ananaviy Avgust kengashi bo‘lib o‘tdi.

Kengash yig‘ilishida quyidagi masalalar muhokama qilindi:

✅Kasbiy ta’lim tizimi bo‘yicha joriy etilgan normativ-huquqiy hujjatlar;

✅Pedagog xodimlarning ish faoliyati vaqt me’yorlari hamda shaxsiy yillik ish rejalarini ishlab chiqish, fanlar samaradorligini oshirish masalalari;

✅Boshqaruv va pedagog kadrlarning elektron portfoliolarini yuritish tartibi;

✅O‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalariga metodik yordam ko‘rsatish;

✅Yevropa standartlari asosida ishlab chiqilgan “SCAFFOLD” kartalaridan samarali foydalanish hamda kasbiy ta’lim tashkilotlarida xorijiy ta’lim dasturlarini joriy etish masalalari.

Kengash davomida savol-javoblar tashkil etilib, ishtirokchilar tomonidan bir qator amaliy takliflar ilgari surildi.