YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Toshkent viloyati yuridik texnikumi faoliyati o`rganildi

Toshkent viloyati yuridik texnikumi faoliyati o`rganildi

Toshkent viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i N. Kulbekova Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan Toshkent viloyati yuridik texnikumida bo‘lib, muassasaning o‘quv binosi, axborot-kutubxona markazi hamda o‘quv-amaliyot xonalarini ko‘zdan kechirdi.

Tashrif davomida ta’lim jarayoni, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati bilan tanishdi.

O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud muammolarga yechim topish hamda ta’lim sifatini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar va topshiriqlar berildi.