Toshkent viloyatida «Uzum sayli» festivali doirasida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda!
Bugun Toshkent viloyatida “Uzumchilikda innovatsiyalar va agrotexnologiyalarni joriy etishda O‘zbekiston va xalqaro tajribalardan foydalanish” mavzusida III-Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini boshladi.
Ushbu nufuzli tadbir Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi, Toshkent davlat agrar universiteti hamda MDIS Tashkent hamkorligida tashkil etildi.
Tadbirda Italiya vinochilik uyushmasi rahbari Leonardo Kommuchi, Florensiya Xalqaro marketing va vino uyushmasi direktori Lusiana Sao, Turkiyaning Kappadokiya universiteti professori Xaliburak Sakal, shuningdek, Indoneziya, Turkiya, Serbiya, Rossiya, Koreya, Singapur, Belarus, Gruziya, Ozarbayjon kabi 30 dan ortiq mamlakatdan olimlar va ekspertlar ishtirok etmoqda.
Toshkent viloyati OTFIB 


