YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Toshkent viloyatidagi kasbiy taʼlim muassasalarida “Xon atlas” haftaligi o‘tkazilmoqda

Toshkent viloyatidagi kasbiy taʼlim muassasalarida “Xon atlas” haftaligi o‘tkazilmoqda

Toshkent viloyatidagi kasbiy taʼlim muassasalarida “Xon atlas” haftaligi o‘tkazilmoqda.

Xususan, Oqqo‘rg‘on tuman 1-son politexnikumida “Xon atlas” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir yoshlarni milliy merosimizni qadrlash va milliy liboslarni targ‘ib qilishga qaratildi.

✨ Tadbir davomida talabalar tomonidan milliy liboslar namoyishi bo‘lib o‘tdi, “Xon atlas” matosining tarixi, uning yasalish jarayoni va o‘ziga xosligi haqida ma’lumot berildi, “Milliy libos – millat faxri” mavzusida suhbat tashkil etildi hamda ijodiy chiqishlarda qo‘shiqlar, raqslar va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.