Bo’ka agrotexnologiyalar texnikumida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuv texnikumning tarixi, an’analari va kelajagi haqida fikr almashish, shuningdek, uch avlod o‘rtasida bilim va tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish maqsadida tashkil etildi.
Tadbir tuman “Nuroniylar” kengashi hamda “Yangi Hayot” mahalla fuqarolar yig‘ini hamkorligida o‘tkazildi. Ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashish, bilim va ko‘nikmalarini baham ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Uchrashuv davomida har bir avlodning o‘ziga xos yutuqlari, tajribalari va duch kelgan qiyinchiliklari muhokama qilindi. Tadbir samimiy muloqot, hurmat va avlodlar o‘rtasidagi bog‘liqlik ruhida o‘tdi.
Toshkent viloyati OTFIB 

