2025-yil 12-mart kuni Qibray tuman politexnikumida tuman nuroniylari ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda mehnat faxriylari va nuroniylar mehmon sifatida ishtirok etib, o‘quvchi-yoshlar bilan samimiy muloqot qildilar.
Uchrashuv davomida mehmonlar “Tarix – Bugun – Kelajak” mavzusi doirasida so‘zga chiqib, avvalgi davr va hozirgi kun imkoniyatlari haqida fikr almashdilar. Ular davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratilayotgan keng sharoitlar, ta’lim va taraqqiyot yo‘lidagi islohotlar haqida qimmatli tajribalarini ulashishdi.
Tadbir yoshlar uchun motivatsion ruhda o‘tib, ularning vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.