YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / «Umumiy ovqatlanish korxonalarini tashkil etish va boshqarish»mavzusida seminar-trening bo’lib o’tdi

«Umumiy ovqatlanish korxonalarini tashkil etish va boshqarish»mavzusida seminar-trening bo’lib o’tdi

Bugun 2025-yil 26-sentabr kuni Toshkent viloyatidagi «Panoramic Hotel» mehmonxonasida O’zbekiston Respublikasi Turizm Qumitasi va O’zbekiston «Oshpazlar Uyushmasi» hamkorligida tashkil etilgan «Umumiy ovqatlanish korxonalarini tashkil etish va boshqarish»mavzusida seminar-trening mahorat darsi bo’lib o’tdi.

Mazkur seminar-trening mahorat darsida Bo’stonliq turizm va madaniy meros texnikumi 1-bosqich 101-25 «Oshpazlik» guruhi o’quvchilari ham faol ishtirok etdilar.

Seminar-trening davomida o’zlarining ajoyib mahoratlari bilan ishtirokchilar mehrini qozongan barcha o’quvchilar «Oshpazlar Uyushmasi» ning sertifikatlari bilan taqdirlandilar.