“Universiada – 2025” stol tennisi bo‘yicha respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi!
30-yanvar kuni Andijon davlat universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan “Universiada – 2025” sport musobaqalarining stol tennisi bo‘yicha final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada respublikamizning barcha hududlaridan jami 28 nafar sportchi-talaba ishtirok etdi.
O‘yinlar murosasiz kurashlarga boy bo‘lib, yakunda g‘oliblar aniqlandi.
Talaba-yigitlar o‘rtasida yakkalik bahslarida:
1-o‘rin – Shohrux Iskandarov (Toshkent viloyati);
2-o‘rin – Ro‘zimuhammad Rahmonov (Toshkent shahri);
3-o‘rin – Dilshodbek Rajabov (Xorazm viloyati).
Talaba-qizlar o‘rtasida yakkalik bahslarida:
1-o‘rin – Mehriniso Norqulova (Toshkent viloyati);
2-o‘rin – Nasibaxon Tojioxunova (Andijon viloyati);
3-o‘rin – Shoiraxon Qodirova (Farg‘ona viloyati).
Aralash juftlik musobaqasida:
1-o‘rin – Toshkent viloyati jamoasi;
2-o‘rin – Andijon viloyati jamoasi;
3-o‘rin – Toshkent shahar jamoasi.
Tantanali taqdirlash marosimida g‘olib va sovrindorlar diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.