YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Ustoz va murabbiylar “O‘rta maxsus va professional ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandilar

Ustoz va murabbiylar “O‘rta maxsus va professional ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandilar

1-oktabr — «O‘qituvchi va murabbiylar kuni» munosabati bilan Toshkent viloyatidagi kasbiy ta’lim muassasalarida fidokorona mehnat qilayotgan, yuksak kasbiy mahorati, yorqin iste’dodi, vatanparvarlik fazilatlari bilan ajralib turadigan hamda yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashda alohida o‘rnak ko‘rsatib kelayotgan 36 nafar

Taqdirlash marosimida viloyat Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshligʻi N.Kulbekova Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining ustoz va murabbiylarga yo‘llagan tabrigini yetkazdi. Shuningdek, u ustozlarning sohadagi fidokorona faoliyati bilan faxrlanishini ta’kidlab, mazkur e’tirof ularning kelgusi faoliyatida yanada yuksak natijalarga erishishga undashini va ular bunga to‘la munosib ekanini qayd etdi.

Shuningdek, tadbir davomida faol direktorlar va ustozlarga boshqarma boshlig‘i tomonidan faxriy yorliqlar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.