9-may — “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Ohangaron tuman 2-son politexnikumi o‘quvchilari “Vatan fidoiylarni unutmaydi” shiori ostida front orti mehnat faxriysi Baynayev Pardaboy Hoji ota xonadoniga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida o‘quvchilar faxriy mehnat sohibining hayoti, urush yillari va mashaqqatli mehnat yo‘li haqida suhbatlashdilar hamda o‘z ehtiromlarini bildirdilar. Ushbu uchrashuv yoshlarda vatanparvarlik, hurmat va qadrlash tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.