YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Vazir talaba, doktorant va prorektorlar uchun taʼlim tizimidagi islohotlar va istiqboldagi rivojlanish masalalari yuzasidan maʼruza qildi

Vazir talaba, doktorant va prorektorlar uchun taʼlim tizimidagi islohotlar va istiqboldagi rivojlanish masalalari yuzasidan maʼruza qildi

Vazir talaba, doktorant va prorektorlar uchun taʼlim tizimidagi islohotlar va istiqboldagi rivojlanish masalalari yuzasidan maʼruza qildi

24-sentyabr kuni Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasi tashabbusi bilan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipovning “Mamlakatimizda taʼlimning barcha boʻgʻinlarini izchil rivojlantirish” mavzusida maʼruzasi tashkil etildi.

Tadbirni “Ulugʻbek” jamgʻarmasi raisi Oqil Salimov kirish so‘zi bilan ochib, mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning iqtidor va salohiyatini roʻyobga chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda jamgʻarmaning bu jarayondagi oʻrni haqida toʻxtalib oʻtdi.

Vazir o‘z maʼruzasida kasbiy taʼlim sohasida yangi o‘quv dasturlarini joriy etish, dual taʼlim tizimini bosqichma-bosqich kengaytirish, texnikumlar bilan ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalariga eʼtibor qaratdi. Shuningdek, oliy taʼlimni xalqaro maydonga olib chiqish, xorijiy hamkorlik doirasini kengaytirish hamda taʼlim eksporti hajmini oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha ustuvor vazifalarni ko‘rsatib o‘tdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/88358