YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Viloyatdagi kasbiy ta’lim muassasalarining yoshlar masalalari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Viloyatdagi kasbiy ta’lim muassasalarining yoshlar masalalari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Bugun viloyat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i N. Kulbekova rahbarligida viloyatdagi kasbiy ta’lim muassasalarining yoshlar masalalari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar, o‘quvchilar davomatini nazorat qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, shuningdek ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, yig‘ilishda ta’lim muassasalarida olib borilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish, yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning tashabbuskorligini qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy mas’uliyatini kuchaytirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

Hamda bu borada kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berilib, ularning faoliyatini yanada yaxshilash, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.