Домой / Без рубрики / «Worldskills» kasblar chempionatida Forum o`tkazildi

«Worldskills» kasblar chempionatida Forum o`tkazildi

30-yanvar kuni  Samarqand shahrida «Worldskills» V Milliy kasblar chempionatida Forum bo`lib o`tdi.

Forumda chet el rivojlangan davlatlardan tashrif buyurgan  bir qancha mehmonlar  qatorida O‘zbekistondagi kasbiy ta’lim tashkilotlari nomidan  Olmaliq Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi direktori Sayimov Maxmud Tolibovich  so‘zga chiqib,  xorijiy davlat delegatsiyasi va chempionat qatnashchilariga tizimda olib borilayotgan islohatlar, jumladan, Olmaliq tibbiyot texnikumida ta’lim sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda texnikum o‘rtasida Xalqaro rivojlangan davlatlar bilan hamkorlik ishlari haqida taqdimot namoyish etdi.

Tadbir qatnashchilari tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berdi.