YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Xorijiy univesitetlarda olingan diplomlar Oʻzbekistonda qanday nostrifikatsiyadan oʻtkaziladi?

Xorijiy univesitetlarda olingan diplomlar Oʻzbekistonda qanday nostrifikatsiyadan oʻtkaziladi?

Xorijiy univesitetlarda olingan diplomlar Oʻzbekistonda qanday nostrifikatsiyadan oʻtkaziladi?

❔Nostrifikatsiya nima?

Xorijiy davlatda olingan taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatni (diplomni) Oʻzbekistonda tan olish jarayoni nostrifikatsiya deb ataladi.
Ushbu jarayon Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilimni baholash agentligi tomonidan amalga oshiriladi.

❔Diplomlar qachondan boshlab nostrifikatsiya qilinadi?

Faqatgina 1992-yil 1-yanvardan soʻng berilgan diplomlar tan olinadi.

❔Nostrifikatsiyadan oʻtishning nechta yoʻli mavjud?

Ikki xil yoʻl mavjud:

1️⃣ test imtihoni asosida;

2️⃣ hech qanday sinovlarsiz.

❔Qaysi hollarda diplom sinovlarsiz tan olinadi?

Test sinovisiz nostrifikatsiyadan oʻtkazish quyidagicha amalga oshiriladi:

➖ xalqaro nufuzli tashkilotlarning reytinglarida TOP-1000 (https://gov.uz/oz/edu/sections/view/42102) talikka kirgan universitetlarda tahsil olganlar:
Quacquarelli Symonds (QS);
Times Higher Education (THE);
Academic Ranking of World Universities (ARWU).
➖ xalqaro shartnomalar, Prezident yoki hukumat hujjatlari asosida xorijda taʼlim olganlar;
➖ Prezident va hukumat hujjatlari bilan Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy OTMlarda tahsil olganlar;
➖ xorijiy davlatlar tomonidan ajratilgan kvotalar (grantlar) asosida, vazirliklar yoʻllanmasi bilan oʻqiganlarning diplomlari toʻgʻridan toʻgʻri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadi.

❔Boshqa hollarda nima talab qilinadi?

Qolgan barcha holatlarda mutaxassislik boʻyicha test sinovi topshirish talab etiladi.

❔Ariza topshirish tartibi qanday?

Diplomni tan olish uchun arizalar:

1️⃣ Davlat xizmatlari markazlari orqali;
2️⃣ yoki my.gov.uz – Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi.

❔Nostrifikatsiya uchun kerakli hujjatlar nimalar?

➖ diplom va ilovaning asli (ariza topshirilgach qaytariladi);
➖ diplom va ilovaning davlat tiliga notarial tasdiqlangan tarjimasi (2 nusxada);
➖ pasport va uning nusxasi;
➖ davlat boji toʻlanganligi haqidagi kvitansiya.

Toʻlov miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari.

➖ my.gov.uz orqali topshirganlarga – 10% chegirma;
➖ I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar hamda “ijtimoiy himoya yagona reyestri”da roʻyxatda boʻlganlarga – 50% chegirma mavjud.

❔Onlayn topshirishda hujjatlar qanday taqdim etiladi?

my.gov.uz orqali ariza topshirishda hujjatlar PDF shaklida skaner qilib joylanadi.

❔ Maxsus imtihon qanday oʻtkaziladi?

Ekspertlar tomonidan ijobiy xulosa olingan arizachilar test sinovi topshiradilar. Test boʻlishidan 5 kun oldin Bilimni baholash agentligi Telegram kanali (https://t.me/NostrifikatsiyaBBA)orqali e’lon qilinadi.

Imtihon tartibi:

50 ta test savoli;
har bir savolga 2 daqiqa (jami 100 daqiqa);
har bir toʻgʻri javob – 2 ball;
jami 100 ballik tizimda 54 ball va undan yuqori natija – muvaffaqiyatli hisoblanadi.

54 balldan kam toʻplaganlar diplom tan olinmagan hisoblanadi, biroq ular keyinroq yana qayta topshirishlari mumkin.

❔Imtihondan oʻtganlarga qanday hujjat beriladi?

Yetarli ball toʻplaganlarga diplomni tan olinganligi toʻgʻrisida guvohnoma beriladi.