Yangiyo‘l agrotexnologiyalar texnikumida xalqaro hamkorlik memorandumi imzolandi
2025-yil 9-oktabr kuni Yangiyo‘l agrotexnologiyalar texnikumi hamda Belarussiya Respublikasi Mogilyovskiy davlat texnologiya kolleji o‘rtasida xalqaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur hujjatni texnikum direktori Maʼmura Fazilova va kollej direktori Valentina Mixaylovna Straxolet imzoladilar. Tadbirda Belarussiya delegatsiyasi vakili Sosonko Mixail Vladimirovich, Yangiyo‘l shahar hokimligi mas’ullari, shuningdek, ish beruvchi hamkor korxonalar rahbarlari ishtirok etdilar.
Toshkent viloyati OTFIB 

