Yangiyo‘l tumanidagi CHIIK «ENTER STEEL» MChJ korxonasida dual ta’lim tizimi va uning afzalliklariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda Toshkent viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi xodimi B.Mirzayev va kasbiy ta’lim tashkilotlari rahbarlari hamda ish beruvchi korxona vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida dual ta’lim tizimining afzalliklari, yosh mutaxassislarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish hamda korxonalar uchun malakali kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi.