YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / 22-23-avgust kunlari «Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki» shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi

22-23-avgust kunlari «Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki» shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi

Atrof-muhitni asrab-avaylash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, mamlakatimiz Mustaqilligining 34 yilligi bayramiga tayyorgarlik koʻrish va munosib oʻtkazish maqsadida yurtimiz bo’ylab joriy yilning 22-23-avgust kunlari «Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki» shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi.

Hasharda tozalik va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarini amalga oshirish, xiyobonlar, ziyoratgohlarni obodonlashtirish koʻzda tutilgan.

Shuningdek, volontyor yoshlar ishtirokida ijtimoiy himoyaga muhtoj keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, yolgʻiz qariyalar, kam taʼminlangan, boquvchisini yoʻqotgan oilalar holidan xabar olinib, uy-joylari atroflarini obodonlashtirishga koʻmaklashiladi.

Qadrli Toshkent viloyati ko’ngillilari, siz ham viloyatimiz obodligiga o’z hissangizni qo’shing!