YANGILIKLAR
Домой / ISHGA JOYLASHTIRISH

ISHGA JOYLASHTIRISH

Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini egallagan mutaxassisliklari bo’yicha ishga joylashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati haqida ma’lumot

2017 yil yanvar holatiga

2017-2018 o’quv yilida 129 ta kasb-hunar kollejlarini 112 ta mutaxassislik bo’yicha 53263 nafar (26258 nafar qizlar) kichik mutaxassislar bitirishi kutilmoqda.
Bitiruvchilarning asosiy qismi Chirchiq shahriga (12,0 ming), Bo’stonliq  (6,6 ming), Qibray (4,3 ming), Yuqori Chirchiq tumani (4,1ming) hissasiga to’g’ri keladi.
Viloyat hokimligining 2017 yil 15 martdagi “Kasb-hunar kollejlarining 2016/2017 o’quv yili bitiruvchilarini ishga joylashtirishga doir chora-tadbirlari to’g’risida”gi 02/3-155-sonli yig’ilish qarori  bilan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishlab chiqarish amaliyoti o’tashi va keyinchalik ishga joylashtirishda amaliy yordam ko’rsatish bo’yicha viloyatdagi iqtisodiyot kompleksiga kiruvchi tashkilotlar hamda ularning tuman, shaharlardagi qo’yi tashkilotlaridan biriktirilgan mas’ullarga nomma-nom bitiruvchilar biriktirildi.
Joriy yilning 12 yanvar holatiga bitiruvchilarni to’rt tomonlama shartnoma tuzish ishlari 52079 nafarga yoki 97,8 foizga bajarildi.
Qolgan 1184 nafar (2,2%) bitiruvchilar bilan to’rt tomonlama shartnoma tuzish jarayonida.
Tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo’lgan yoshlarimizga Markaziy bank va tijorat banklari tomonidan 2017 yilda 50 mlrd.so’m imtyozli kreditlar ajratish rejalashtirilgan bo’lib, bugungi kunda o’z tadbirkorlik faoliyatini yo’lga qo’yish istagini bildirgan 3547 nafar (shundan 1460 nafari qizlar) bitiruvchilarning ro’yxati shakllantirilib Markaziy Bank viloyat Bosh boshqarmasi taqdim etildi.
Bitiruvchilarga imtiyozli kreditlar ajratishda olib borilgan targ’ibot tashviqot ishlari va biznes rejalarini tuzishda yaqindan yordam bergan mas’ul tashkilot va banklar sayi-harkatlari natijasida  2017-2018 o’quv yili bitiruvchilaridan 293 nafari hali kollejni tugatmasdan turib tijorat banklaridan 2 mlrd. 681 mln.so’m kredit olib o’z tadbirkorlik faoliyatini boshladilar.
O’zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining 2017 yil 27 fevraldagi 01-04/818-sonli, viloyat hokimligining 2017 yil 27 fevraldagi 3/543-sonli xatiga asosan har bir tuman (shahar)larda “2016-2017 o’quv yilidagi kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish va o’z biznesini ochishga ko’maklashish yarmarka”larining o’tkazish uchun tayanch kasb-hunar kollejlari belgilandi. Joriy yilning 14 yanvaridan boshlab bu yarmarkalar belgilangan tayanch kollejlarda o’tkazilish boshlandi. Jumladan, joriy yilning 14 yanvar kuni Chirchiq olimpiya zaxiralari kollejida kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish va o’z biznesini ochishga ko’maklashish yarmarka”lari o’tkazildi.