YANGILIKLAR
Домой / BOSHQARMANING VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI

BOSHQARMANING VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining

Toshkent viloyati hududiy boshqarmasining asosiy vazifalari va funksiyalari:

  • kasb-hunar ta’limi sohasida keng ko’lamli chuqur bilimlarga ega bo’lgan, hozirgi bozor sharoitlarida muayyan kasb-hunarni, keng ixtisoslashuvni va ish ko’nikmalarini egallagan yoshlarni tayyorlashga yo’naltirilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
  • kasb-hunar ta’limi sohasida uzluksiz ta’limning maqsadli vazifalari va ustuvor yo’nalishlarini ro’yobga chiqarish bo’yicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;
  • kasb-hunar ta’limi muassasalarining iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida talab katta bo’lgan mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan oshirishga, ta’lim va ixtisosliklar yo’nalishlarini yanada birxillashtirish bo’yicha takliflar ishlab chiqishga, respublika mintaqalarida kadrlarga bo’lgan haqiqiy ehtiyojni hisobga olgan holda kasb-hunar kollejlarini qayta ixtisoslashtirishga yo’naltirilgan faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • viloyat xalq ta’limi boshqarmasi bilan birgalikda umumta’lim maktablarining 9-sinflari bitiruvchilarini kasbga yo’naltirish hamda kelgusida kasb-hunar kollejlari va akademik liseylarda o’qitish bilan to’liq qamrab olish, yangi o’quv yili uchun o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga o’qishga qabul qilish rejasini shakllantirish bo’yicha tizimli ishlarni amalga oshirish;
  • mutaxassislarning bilim darajasini va kasbiy tayyorgarligi sifatini oshirishga yo’naltirilgan davlat ta’lim standartlari, o’quv rejalari va dasturlarini takomillashtirish bo’yicha tizimli ishlarni amalga oshirish;
  • kasb-hunar kollejlari uchun o’quv va o’quv-metodik adabiyotlar yaratilishi va nashr qilinishini tashkil etish;
  • kasb-hunar kollejlari va akademik liseylar uchun yuqori malakali rahbar va pedagog kadrlarni tanlash hamda ular bilan ta’minlash, ularning malakasini, kasb darajasini uzluksiz oshirish va ularning mehnatini rag’batlantirish ishlarini tizimli asosda ta’minlash;
  • kasb-hunar kollejlari o’quv jarayoniga ilg’or o’qitish shakllarini, shuningdek o’quvchilarni milliy mustaqillik g’oyalari, boy intellektual meros hamda umuminsoniy qadriyatlar asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning samarali shakllari va metodlarini joriy etish;
  • kasb-hunar ta’limi muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ulardan samarali foydalanish, ularni zamonaviy o’quv-laboratoriya anjomlari va axborot-kompyuter texnikasi bilan jihozlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
  • kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining aniq ish joylarida ishlab chiqarish amaliyotini o’tashining va ularni ishga joylashtirishning tashkil etilishini ta’minlash, bitiruvchilarning ish bilan band etilishi monitoringini amalga oshirish.