«Dolzarb 90 kun» doirasida navbatdagi muhim yig‘ilish! Bugun Olmaliq kon-metallurgiya texnikumida viloyatdagi oliy va kasbiy taʼlim muassasalari rahbarlari ishtirokida «Dolzarb 90 kun» loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan navbatdagi muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i N. Qosimov hamda Toshkent viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i N. Kulbekova boshchilik …
BatafsilYangiliklar
ToshDAUda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari uchun “Karyera kuni” doirasida ish yarmarkasi hamda “Biznes marafon” seminar-treninglari bo‘lib o‘tdi
Bugun Toshkent davlat agrar universitetida Toshkent viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari uchun “Karyera kuni” doirasida ish yarmarkasi hamda “Biznes marafon” seminar-treninglari bo‘lib o‘tdi. “Biznes marafon” doirasida motivatsion seminarlar, master-klasslar hamda yirik tadbirkorlik subyektlari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Batafsil«Kitobxonlik » to‘garagi o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan joriy etilgan «Dolzarb 90 kun» dasturi doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida berilgan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yil 9-iyul kuni Olmaliq Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida o‘quvchi yoshlar o‘rtasida elektron kutubxonachi F.E.Djadilova tomonidan » Kitobxonlik» to‘garagi o‘tkazildi.
Batafsil«Dolzarb 90 kun» dasturi amalda
Yangiyo’l tuman 2-son politexnikumida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan joriy etilgan «Dolzarb 90 kun» dasturi doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida berilgan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida texnikumda o‘quvchi-yoshlar ishtirokida kitobxonlar o’rtasidada «Men sevgan kitob “ mavzusida so’rovnoma o’tkazildi.
BatafsilToshkent davlat agrar universitetiga “Karyera kuni” bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi hamda “Biznes marafon” seminar-treningga taklif etamiz!
Hurmatli bitiruvchi talabalar! Sizni joriy yilning 9-iyul kuni, soat 10:30 da Toshkent davlat Agrar universitetida bo‘lib o‘tadigan Toshkent viloyati bo‘ylab “Karyera kuni” bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi hamda “Biznes marafon” seminar-treninglariga taklif etamiz! Mazkur tadbir — viloyatimizdagi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari uchun o‘z kasbiy yo‘lini boshlash, yetakchi tashkilotlar bilan bevosita muloqotda bo‘lish va amaliy tajriba orttirish uchun katta imkoniyatdir. Tadbir …
BatafsilOqqoʻrgʻon tuman 2-son politexnikumi bitiruvchilarga diplomlar tantanali tarzda topshirildi
Toshkent viloyati Oqqoʻrgʻon tumani 2-son politexnikumida bitiruvchilar uchun unutilmas kun bo‘ldi — ularga diplomlar tantanali tarzda topshirildi. Ushbu marosimda 168 nafar bitiruvchi rasmiy diplomni qo‘lga kiritib, o‘z hayotlarida yangi sahifani ochdi. Bu sana ularning yodida quvonch, faxr va ilhom bilan muhrlanib qoladi. Tadbirda Toshkent viloyati Oliy …
BatafsilToshkent viloyati transport texnikumida bitiruvchilarga diplomlar tantanali tarzda topshirildi
Toshkent viloyati transport texnikumida bitiruvchilarga diplomlar tantanali tarzda topshirildi. Marosim davomida 277 nafar bitiruvchi o‘z diplomlarini tantanali ravishda qabul qilib oldi. Bu kun ular uchun nafaqat rasmiy sana, balki yangi hayot bosqichiga qadam qo‘yishning unutilmas onlaridan biri bo‘ldi. Tadbirda Toshkent viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi rahbari N.Kulbekova ishtirok etib, diplomlarni shaxsan topshirdi va …
BatafsilMagistraturaga qabul boshlandi
Magistraturaga qabul boshlandi Respublika davlat oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklariga onlayn roʻyxatdan oʻtish boshlandi. 2025/2026-oʻquv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy my.edu.uz platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi. Shu oʻrinda, magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin. Ariza topshirish bo‘yicha videoyo‘riqnoma …
BatafsilBekobod shahar politexnikumida diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi
Bugun Bekobod shahar politexnikumida diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda 586 nafar bitiruvchi diplomlarini tantanali ravishda qabul qilib oldi. Shulardan 69 nafar bitiruvchiga imtiyozli diplomlar topshirildi. Bu kun ular uchun nafaqat rasmiy sana, balki yangi hayot bosqichining boshlanishi bo‘ldi. Tadbirda Toshkent viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i N.Kulbekova ishtirok etib, bitiruvchilarga diplomlarni tantanali ravishda topshirdi va yoshlarga kelajakdagi …
BatafsilAbituriyentlar diqqatiga!
Abituriyentlar diqqatiga! 2025-2026-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlari 14-iyuldan 23-iyulga (10 kun) qadar bo‘lib o‘tadi. Test sinovlari kuniga 2 smenada tashkil etiladi. 1-smena soat 08:00 da, 2-smena 15:00 da boshlanadi. Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi. Test sinovlarida ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent …
BatafsilChirchiq davlat pedagogika universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlar 7-iyuldan 11-iyulga qadar yo‘nalishlar kesimida o‘tkaziladi
Chirchiq davlat pedagogika universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlar 7-iyuldan 11-iyulga qadar yo‘nalishlar kesimida o‘tkaziladi. ✅ Quyidagi havola orqali ushbu universitetda kasbiy (ijodiy) imtihon topshirishni belgilagan abituriyentlar imtihon kuni, vaqti va guruhini bilib olishi mumkin (https://t.me/tvchdpi2017/17147): 60210400 — Dizayn: interyer dizayn (https://cspu.uz/storage/app/media/uploaded-files/dizayn-%20interyer.pdf) 60210400 — Dizayn: liboslar va gazlamalar (https://cspu.uz/storage/app/media/uploaded-files/dizayn-liboslar%20va%20gazazlamalar.pdf) 60111200 — Jismoniy madaniyat (o’zb) (https://cspu.uz/storage/app/media/uploaded-files/jismoniy-madaniyat-ozb.pdf) 60111200 — Jismoniy madaniyat (rus) …
BatafsilAbituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi
Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi 2025-2026-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi. Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin. Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim. Pasport nusxasi …
BatafsilQibray tuman politexnikumida diplom berish marosimi bo’lib o’tdi
QIBRAY TUMAN POLITEXNIKUMIDA DIPLOM BERISH MAROSIMI BO’LIB O’TDI. Bugun, 5-iyul kuni, Qibray tuman politexnikumida bitiruvchi yoshlarga tantanali ravishda diplomlar topshirildi. Bitiruvchilar o‘z mehnati, bilim va intilishi bilan muhim bosqichni ortda qoldirishdi. Endilikda ular o‘z kasbi, g‘oyalari va tashabbuslari bilan jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shishga tayyor! Tadbir davomida bitiruvchilarga ezgu tilaklar bildirildi, ularning kelgusi …
BatafsilNamangan viloyatida Respublika seminari otkazildi
Namangan viloyatida 5-iyul kuni “Texnikumlarda xorijiy va mahalliy ish beruvchilar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, bitiruvchilar bandligini ta’minlash va “Karera markazlari”ni tashkil etish” bo‘yicha Respublika seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi mutasaddilari, hududiy boshqarma rahbarlari hamda kasbiy taʼlim muassasalari vakillari ishtirok etdi. Tadbirda Toshkent viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshligʻi N.Kulbekova va kasbiy taʼlim muassasalari …
BatafsilKasbiy ta’limda yangi bosqich
O‘rta Chirchiq 2-son politexnikumda xalqaro sertifikatli mutaxassislar tayyorlanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanidagi 2-son politexnikumda payvandlash yo‘nalishida qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etildi. Ushbu loyiha Estoniya Payvandlash texnologiyalari instituti va Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Mazkur o‘quv kursi orqali o‘quvchilar ISO-9606 xalqaro sertifikatini olish imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda. Respublika bo‘ylab …
Batafsil