YANGILIKLAR
Домой / O’QISHGA TOPSHIRISH UCHUN TALAB QILINADIGAN HUJJATLAR

O’QISHGA TOPSHIRISH UCHUN TALAB QILINADIGAN HUJJATLAR

 KHKlariga o’qishga topshirish uchun talab qilinadigan hujjatlar

1. Ta’lim muassasasi direktori nomiga yozilgan 11-sinf bitiruvchisining ushbu tartibga ilova qilinayotgan na’munadagi arizasi (ariza o’quvchining ota-onasi tomonidan ham imzolanadi);
2. Umumta’lim maktablari 11-sinf bitiruvchisining shahodatnomasi (madaniyat va san’at yo’nalishlari bo’yicha o’qishga kiruvchilar boshlang’ich san’at va musiqa ma’lumoti to’g’risidagi hujjatning asl nusxasini ham taqdim etadi);
3. Tibbiy ma’lumotnoma (086/U shaklda);
4. O’quvchining turar joyidan ma’lumotnoma;
5. Fotosurat (3×4 yoki 4×6 o’lchamdagi 6 dona);
6. O’quvchining tug’ilganlik haqidagi guvohnomasi yoki pasportining ksero nusxasi, ota-onasining pasporti nusxasi (fuqarolik maqomini aniqlash maqsadida);
7. Kafolat xati (o’quvchi xorijiy fuqarolikni olganda to’lov-shartnoma asosida o’qitish bo’yicha);
8. Umumta’lim fanlari bo’yicha Respublika olimpiadalari, tanlov va musobaqalarda g’olib bo’lganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
9. O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik — pedagogik tashxis natijalari bo’yicha o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari tayyorlov yo’nalishlariga berilgan tavsiyanoma;
10. Imkoniyatlari cheklangan bitiruvchilar uchun O’zbekiston Respublikasining ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlarida ta’lim oluvchi imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun mutaxassisliklar va kasblar ro’yxatiga muvofiq Sog’liqni saqlash vazirligining tibbiy maslahat komissiyalari xulosalari va tavsiyalari, Qoraqalpog’iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar, Toshkent shahar xalq ta’limi boshqarmalari qoshidagi tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning xulosasi va tavsiyasi, shu bilan birga Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish boshqarmalarining tuman (shahar) bandlikka ko’maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari yo’llanmalari;
11. Avvalgi yil bitiruvchilari tomonidan ta’limning keyingi bosqichiga jalb etilmaganligi (10,11-sinf, akademik lisey yoki kasb-hunar kolleji) to’g’risida umumta’lim maktabidan ma’lumotnoma, yashab turgan mahallasidan ta’limning keyingi bosqichiga jalb etilmaganligi, kimning qaramog’ida bo’lganligi to’g’risida ma’lumotnoma;
12. Maslaxat markazlariga o’quvchi tomonidan topshirilgan hujjatlarning qalbakiligi aniqlansa, u holda o’quvchining hujjatlari o’rnatilgan tartibda huquqni muhofaza qilish organlariga yuboriladi.
13. Ro’yxatda keltirilgan hujjatlardan boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab etish taqiqlanadi.