YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Chirchiq shahridagi kasb-hunar kollejlarida “Kitob bayrami” tadbiri o’tkazildi.

Chirchiq shahridagi kasb-hunar kollejlarida “Kitob bayrami” tadbiri o’tkazildi.

         Yoshlarning kitobga bo’lgan qiziqishini oshirish, aholi o’rtasida kitobxonlikni targ’ib etish va odamlarda kitob mutolaasi madaniyatini shakllantirish bugunning dolzarb vazifalaridan biridir. Shundan kelib chiqqan holda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ib qilish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarorida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2018 yil 5 iyun kuni Toshkent viloyati Chirchiq qurilish va kommunal xo’jaligi kasb-hunar kollejida «Men farzandimga kitob sovg’a qilaman» aksiyasi bo’lib o’tdi.

        Chirchiq shahar hokimligining ma’naviyat targ’ibot markazi rahbari, kollej o’quvchilari, ota-onalar, MFYida yashovchi fuqarolar, 7, 20, 24 — umumta’lim maktabi o’quvchilari ishtirok etdi.
Joriy yilning 23 may kuni Chirchiq kasb-hunar kolleji o’qituvchi va o’quvchilari, Yoshlar ittifoqi yetakchilari, hamda ARM mutaxasislari bilan birgalikda “Kitob bayrami” tadbiri o’tkazildi. Tadbirda “Kitob yarmarka”si tashkil etildi. Ushbu yarmarkada o’qituvchi va o’quvchilarning ota-onalari ham faol ishtirok etishdi.