YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Oliy ta`lim bilan hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda

Oliy ta`lim bilan hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda

Joriy yilning 27-fevral kuni Bo’stonliq tuman 1-son kasb-hunar maktabida Oliy ta’lim bilan hamkorlikda o’quv amaliy seminar o’tkazildi.

❇️ Ushbu o’quv amaliy seminarda Chirchiq davlat pedagogika universitetining “Boshlang’ich ta’lim” fakultetining “Boshlang’ich ta’lim metodikasi” kafedrasi o’qituvchilari, Toshkent iqtisodiyot va pedagogika institutining “Pedagogika” fakultetiтштп “Pedagogika, psixologiya va boshlang’ich ta’lim” kafedrasi o’qituvchilari hamda Bo’stonliq tuman 1-son kasb-hunar maktabi  o’qituvchi va o’quvchilari qatnashdi.

✅ Chirchiq davlat pedagogika universiteti “Boshlang’ich ta’lim metodikasi” kafedra mudiri, pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori, dоtsent Jabborova Onaxon Mannapovna tomonidan Tarbiya fanidan “Tarbiya va uning turlari” mavzusida master-klass o’tkazildi.

✅ O’quvchilar o’rtasida mavzu yuzasidan turli xil metodlar yordamida savol javoblar,  qiziqarli o’yinlar o’tkazildi. Faol ishtirok etgan o’quvchilar  rag’batlantirildi.