YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Olmaliq kon metallurgiya kollejida o’quv amaliy seminar bo’lib o’tdi.

Olmaliq kon metallurgiya kollejida o’quv amaliy seminar bo’lib o’tdi.

Seminarda professional ta’lim muassasalarda o’quv jarayonini tashkil etish, kollej va texnikumlarda dual ta’lim prinsiplarini joriy etish, o’qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi  ustalarining yillik ish rejalarini tuzish va ijrosini ta’minlash, maxsus fan o’qituvchilari va ishlab chiqarish ta’lim ustalari uchun o’qitish materiallari to’plamlarini yaratish,  O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil                  4-sentabrdagi 465-sonli qaror ijrosini ta’minlashga qaratilgan taqdimotlar soha mutaxassislari tomonidan o’tkazildi.

Seminarda Toshkent viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi boshlig’i,  barcha professional ta’lim muassasasi direktorlari,kollej  ishlab chiqarish ta’limi bo’yicha direktor o’rinbosarlari ,“Olmaliq KMK” AJ “O’quv markazi” vakillari ishtirok etdilar.