YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Oqqo’rg’on qurilish va kommunal xo’jaligi kasb-hunar kollejida 5 ta muhim tashabbus ijrosiga qaratilgan tadbir bo’lib o’tdi.

Oqqo’rg’on qurilish va kommunal xo’jaligi kasb-hunar kollejida 5 ta muhim tashabbus ijrosiga qaratilgan tadbir bo’lib o’tdi.

    Toshkent viloyati kasb-hunar ta’limi boshqarmasi tomonidan joriy yil 16 may kuni Oqqo’rg’on qurilish va kommunal xo’jaligi kasb-hunar kollejida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitob mutolaa madaniyatini oshirish, hamda xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo’yicha 5 ta muhim tashabbusi ijrosini ta’minlashga qaratilgan  ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.
Tadbirda  Oqqo’rg’on  tumanidagi kasb-hunar kollejlari tomonidan 5 ta muhim tashabbus  ijrosini ta’minlash bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan;
—  birinchi tashabbus bo’yicha: “Men shu aziz Vatan farzandiman” mavzusida  iste’dodli va iqtidorli yoshlar o’rtasida rasmlar tanlovi, ikkinchi tashabbus bo’yicha: o’quvchilarning qiziqishlariga ko’ra tashkil etilgan to’garaklar faoliyati bilan tanishish, o’quvchilar o’rtasida arqon tortish, yugirish, stol tennisi, tosh ko’tarish bo’yicha musobaqalar, uchinchi tashabbus bo’yicha “Elektron hukumat portali” bo’yicha taqdimot, Oqqo’rg’on  Qurilish va kommunal xo’jaligi kasb-hunar kolleji Bino va inshoatlar bo’yicha texnik-arxitektor yo’nalishi 42-guruh o’quvchilari 1.AutoCad. 2.Adobe photoshop. 3.3d Max dasturlari bilan qilingan ishlarni namoyish etish, to’rtinchi tashabbus bo’yicha: ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosarlari o’rtasida ”Eng yaxshi kitobxon” tanlovi, beshinchi tashabbus bo’yicha: ”Vatanimiz taqdiri va kelajagi yo’lida yanada xamjihat bo’lib, qat’iyat bilan harakat qilaylik” qisqa muddatli kurslarda band bo’lmagan xotin-qizlarni kasbga tayyorlash bo’yicha video rolik namoyish etildi.
Tadbir davomida 5 ta muhim tashabbus bo’yicha Oqqo’rg’on tumanidagi kasb-hunar kollejlari o’quvchilarining ijodiy ishlari ko’rgazmasi o’tkazildi va  “Kitob aksiyasi” tashkil etildi.
Tadbirda Toshkent viloyati kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshlig’i v.v.b A.Zakirov, boshqarma mas’ul xodimlari, Oqqo’rg’on tuman xokimligi, adliya bo’limi vakillari, ta’lim  muassasalarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosarlari, guruh rahbarlari  hamda o’quvchilar  ishtirok etdi.