YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Toshkent davlat agrar universitetida Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkilotini hisobot-saylov yig’ilishi bo’lib o’tdi

Toshkent davlat agrar universitetida Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkilotini hisobot-saylov yig’ilishi bo’lib o’tdi

19-sentyabr kuni, Toshkent davlat agrar universitetida O’zbekiston Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti tomonidan 2022/2023-yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot-saylov yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Hisobot saylov-yig’ilishini universitetning birinchi prorektori S.Islamov ochib berdi. Shuningdek mazkur yig’ilishda Toshkent viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarma boshlig’i K.Yusupov,  O’zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisining birinchi o’rinbosari, Yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati kengashi raisi hamda universitet jamoasi, talaba yoshlar ishtirok etishdi.