YANGILIKLAR
Домой / Без рубрики / Toshkent viloyati o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasida Respublika fan olimpiadasining Viloyat bosqichi o’tkazilmoqda.

Toshkent viloyati o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasida Respublika fan olimpiadasining Viloyat bosqichi o’tkazilmoqda.

          Akademik liseylar, kasb-hunar kollejlari o’quvchilari o’rtasida umumta’lim fanlari bo’yicha Respublika olimpiadasining III (viloyat) bosqichi 2018-yil 26-31 mart kunlari Qibray moliya-iqtisodiyot kasb-hunar kollejida o’tkazilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan viloyat bosqichi o’quvchi-yoshlarning iste’dodi va ijodiy qobiliyatini aniqlash, ularni rag’batlantirish, o’quvchilarda o’zlari tanlagan fanlar va ixtisosliklarni chuqur o’rganishga qiziqishlarini oshirish,  kelajakda kasblarni to’g’ri tanlashiga ko’maklashish maqsadida umumta’lim fanlari bo’yicha olimpiada tashkil etiladi.
Bu yilgi viloyat bosqichida jami 479 nafar o’quvchi o’zaro bellashmoqda.
Fan olimpiadasining III (viloyat) bosqichi ikki turda: joriy yilning 27 mart kuni yozma ish va 28 mart kuni test sinovi ko’rinishida tashkil etildi.
Nizom asosida barcha fanlar bo’yicha hakamlar hay’ati tarkibiga  bir nafardan hududdagi oliy ta’lim muassasasi, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi hamda akademik lisey va kasb-hunar kollejining tajribali o’qituvchilari jalb etildi.
Olimpiada jarayonlarida jamoatchilik nazoratini tashkil etish maqsadida olimpiada o’tayotgan sinfxonalarda auditoriya rahbari va nazoratchi bilan birga ota-onalardan vakil ham ishtirok etmoqda.
Umumta’lim fanlari bo’yicha olimpiadaning III (viloyat) bosqichida har bir fandan 76 balldan yuqori natijalarga erishgan o’quvchilar g’oliblikni qo’lga kiritadi. Fan olimpiadasi g’oliblari faxriy yorliqlari va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanadi.