1-bosqichga tavsiya etilganlar abituriyentlar diqqatiga!
2025/2026-oʻquv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining yakuniy natijalari (mandat) eʼlon qilindi (https://t.me/eduuz/37040).
Ma’lumki, talabalikka tavsiya etilganlar davlat oliy ta’lim muassasalarining talabalar turar joyiga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali onlayn ariza yuborish imkoniyatiga ega.
Hozirda 1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Talabalar turar joyi” axborot tizimiga yuklash jarayoni olib borilmoqda. Shu sababli talabalar tomonidan ariza yuborish xizmati hozircha ishga tushmagan.
Mazkur texnik ishlar yakunlangach, 1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqda qo‘shimcha ma’lumot rasmiy manbalar orqali e’lon qilinadi.
☝️Eslatma: reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga (https://lex.uz/uz/docs/-6568679#:~:text=5.%20Imtiyozli%20ro%E2%80%98yxatga%20quyidagi%20mezonlarning%20biriga%20mos%20keluvchi%20talabalar%20kiritiladi%3A) ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi (https://lex.uz/uz/docs/-6568679#:~:text=9.%20Umumiy%20ro%E2%80%98yxatga%20kiritiladigan%20talabalar%20quyidagi%20ketma-ketlik%20asosida%20talabalar%20turar%20joyiga%20joylashtiriladi%3A) talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida taqsimlanadi. Jumladan 1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foizgacha joy ajratiladi.
Toshkent viloyati OTFIB 