Assalomu aleykum!
Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan chin qalbimdan muborakbod etaman! Mustaqillik bizga ozod va erkin hayot, milliy qadriyatlarimizni tiklash hamda kelajakka ishonch bilan intilish imkonini berdi.
Bugun mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va yurtimiz obodligi yo‘lida qilinayotgan har bir ezgu ish — mustaqillikning samarasidir. Bu qutlug‘ sana har birimizni Vatan ravnaqi va jamiyatimiz kelajagi uchun mas’uliyatli bo‘lishga chorlaydi.
Bayram munosabati bilan barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayz-u baraka, ishlaringizga ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Mustaqillik kuni muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshligʻi N.Kulbekova
Toshkent viloyati OTFIB 